AsosiyJamiyat

“Mening yo`lim” loyihasiga ovoz berish jarayoni yakunlandi

'“Mening yo`lim” loyihasiga ovoz berish jarayoni yakunlandi'ning rasmi

7 may kuni soat 18-00da “Ochiq budjet” axborot portalida e`lon qilingan “Mening yo`lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga ovoz berish jarayoni yakunlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, tuman (shahar) byudjetlarida hududiy ichki yo`llarni ta`mirlash uchun rejalashtirilgan mablag`larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo`naltirilishini ta`minlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika bo`yicha 10 317 ta tashabbusli taklif kelib tushgan.

27 apreldan 7 may kuniga qadar davom etgan ovoz berish jarayoni natijalariga ko`ra, 517 ta loyiha g`olib deb topildi.

Ovoz berish jarayonida respublikamiz bo`yicha 8 mln. 93 ming 918 nafar yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, ushbu jarayonlarda eng ko`p g`olib loyihalar Toshkent viloyati (55 ta), Qoraqalpog`iston Respublikasi (54 ta), Samarqand (40 ta) va Andijon (40 ta) viloyatlari hissasiga to`g`ri kelgan.

G`olib bo`lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo`yicha 412.40 mlrd. so`m mablag` yo`naltiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar