AsosiyJamiyat

Toshkentda huquqbuzarlik sodir etgan 19 yoshli yigitning yonidan “gashish” ham topildi

'Toshkentda huquqbuzarlik sodir etgan 19 yoshli yigitning yonidan “gashish” ham topildi'ning rasmi

Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qiligishicha, 2023 yil 25 aprel kuni soat 21:00larda, Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan tumandagi “Xalqlar do`stligi” MFY 40-uy oldida huquqbuzarlik sodir etgan Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 2004 yilda tug`ilgan yigitning yoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida yonidagi sigareta qutisida qoramtir rangli, o`tkir hidli, giyohvand moddasiga o`xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko`rish uchun olingan.

Namangan viloyati IIB EKMning xulosasiga ko`ra, ushbu moddaning sof og`irligi 0,23 gramm bo`lgan “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko`rsatilgan.

Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

    Boshqa yangiliklar