Kecha, 6 may kuni soat 12:09 da Toshkent viloyati FVBga ikki nafar fuqaro “Chimyon” tog`lariga dam olish maqsadida chiqib, adashib qolganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga FVVning Chimyon yong`in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari etib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.
Natijada yo`ldan adashgan fuqarolar “Katta Chimyon” tog`ining dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi “Oqsoy” hududidan topilib, maxsus asbob-anjomlar yordamida sog`-salomat olib tushilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`qligi aytilmoqda.






