AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi qator mahalliy aviareyslar tariflari ikki barobar arzonlashtiriladi — Prezident qarori

'O`zbekistondagi qator mahalliy aviareyslar tariflari ikki barobar arzonlashtiriladi — Prezident qarori'ning rasmi

“Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qaror matni O`zAda e`lon qilindi. 

Hujjatga ko`ra, Transport vazirligi bir hafta muddatda "Samarqand" xalqaro aeroportida joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimi doirasida xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yo`nalishlarga bo`lgan cheklovlarni olib tashlaydi hamda “beshinchi havo erkinligi”ni qo`llaydi, shuningdek, xorijiy davlatlarning aviasiya ma`muriyatlari, chet el aviatashuvchilarini bu haqda belgilangan tartibda xabardor qiladi.

2023 yil 1 maydan Uzbekistan Airports AJ bilan birgalikda Farg`ona, Namangan yoki Andijondan Buxoro, Samarqand, Termiz, Urganchga, shuningdek, Termiz—Nukus, Samarqand—Urganch, Buxoro—Urganch, Farg`ona—Urganch kabi yo`nalishlar bo`yicha muntazam aviareyslar yo`lga qo`yiladi.

Shuningdek, Toshkentdan Nukus, Urganch, Buxoro, Qarshi va Samarqandga aviaqatnovlar yo`lga qo`yilib, amaldagidan ikki baravargacha arzon tariflarni joriy etiladi. Yangi tashkil etilgan rezident aviakompaniyalarga xorijiy yo`nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun kvotalarning ajratilishi ta`minlanadi.

Bundan tashqari, 2023 yil 1 oktyabrga qadar Urganch va Buxoro aeroportlarining har biri bo`yicha davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizasiya qilish va boshqaruvga berish bo`yicha alohida tanlovlar e`lon qiladi. 2023 yil yakuniga qadar esa Namangan aeroportini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizasiya qilinadi hamda boshqaruvga berish bo`yicha loyiha konsepsiyasi va texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar