Surxondaryoda ayol kishini urgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Sariosiyo tumanida 2023 yil 22 aprel kuni "Shirin" mahallasi hududida joylashgan "Chumchuqlijar" chegara posti yaqinida K.I. ismli qizni Denov tumanida yashovchi, D.B. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan qo`li bilan duch kelgan joylariga urib, unga tan jarohati etkazgan.
D.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






