AsosiyJamiyat

O`zbekistonning yirik shaharlari Evropa shaharlari qatorida yashil qoplamalar tizimiga kiritiladi

'O`zbekistonning yirik shaharlari Evropa shaharlari qatorida yashil qoplamalar tizimiga kiritiladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegasiya Shveysariyaning Jeneva shahrida o`tkazilgan Bazel, Rotterdam va Stokgolm konvensiyalari Tomonlar konferensiyasida ishtirok etdi.

Shveysariyaga tashrif davomida Aziz Abduhakimov hamda BMT Evropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi, BMT bosh kotibi o`rinbosari O. Algaerova, EIK Atrof-muhit departamenti direktori M. Kayner, EIK mintaqaviy maslahatchisi S. Radnaaragchaa va Havoning uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi to`g`risidagi konvensiya (Havo konvensiyasi) kotibi A. Karadjova o`rtasida uchrashuv o`tkazildi.

Uchrashuvda O. Algaerova Toshkent xalqaro investisiya forumi yuqori saviyada tashkil etilganligi ta`kidlab, buning uchun prezident Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi. U forum "yashil" investisiyalar, transport, turizm, ta`lim va boshqa muhim sohalarni rivojlantirish uchun mintaqaviy xabga aylanayotganini ta`kidladi.

O`z o`rnida "yashil" investisiyalar, xususan, chiqindi va karbon tashlamalarni hisoblash tizimi sohasiga xorijiy investorlarni jalb qilish hamda mahalliy tadbirkorlar uchun davlat-xususiy sherikchiligi tizimini xalqaro standartlarga va prinsiplarga asosan optimallashtirish bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlar EIK xalqaro ekspertlari tomonidan qayta ko`rib chiqilishi bo`yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, shaharlarda havoning ifloslanishi yuqori darajaga ko`tarilganini hisobga olgan holda Havo konvensiyasi kotibi bilan konvensiyaga a`zo bo`lish istiqbollari va ratifikasiya davrida xalqaro metodologiya, huquqiy instrumentlar va ilg`or tajriba asosida havo sifatini yaxshilash uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishildi.

Ta`kidlash joizki, BMT bosh kotibi o`rinbosari forum doirasida Samarqandga tashrif buyurib, O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Turkiy davlatlar tashkiloti yig`ilishi doirasida Registonda ekilgan daraxtlarni alohida e`tirof etdi. Bu aynan EIKning “Shaharlarda daraxtlar” tashabbusida namuna sifatida namoyish etilishini ma`lum qildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, “Shaharlarda daraxtlar” tashabbusiga “Yashil makon” doirasida ekilgan daraxtlar statistikasini integrasiya qilish va O`zbekistonning yirik shaharlarini Evropa shaharlari qatorida yashil qoplamalar tizimiga kiritishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida BMT Evropa iqtisodiy komissiyasi Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan BMTning uchta yirik tadbiri – cho`llanish bo`yicha global tadbir, Yovvoyi hayvonlarning ko`chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi  va Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif etildi.

    Boshqa yangiliklar