Ta`lim muassasasining qo`riqchisi va sakkiz nafar o`quvchisi 14 yoshli o`smirning qurboni bo`ldi, deya xabar beradi TACC.
Belgrad markazidagi o`rta maktab binosida tengdoshlariga qarata o`t ochgan o`smir kamida to`qqiz kishini o`ldirdi.
«Vecherne novosti» gazetasining yozishicha, ettinchi sinf o`quvchisi avvaliga qo`riqchini, so`ngra yo`lakda bo`lgan sakkiz nafar o`quvchini otgan. Yaradorlar bor, ularning ahvoli og`ir. Otishma giyohvand moddalar ta`sirida bo`lgan bo`lishi mumkin.
05.05.2023 10:39
Belgrad markazidagi maktabda 14 yoshli bola to`qqiz kishini otib o`ldirdi






