Chilonzordagi bog`cha rahbari xizmat vazifasiga mas`uliyatsizlik bilan yondashib, bolalar hayotini xavf ostiga qo`yganligi uchun lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi xabar berdi.
«Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 230-maktabgacha ta`lim tashkiloti direktori bog`cha hududiga begona shaxsni kirishiga yo`l qo`yib berganligi, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qo`yganligi, ichki mehnat tartib- qoidalarini buzganligi va o`z xizmat vazifasiga mas`uliyatsizlik bilan yondashganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilindi. Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri topshirig`iga asosan ta`lim tashkilotidagi muhit nazoratga olingan, o`rganish ishlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.
Avvalroq bog`chadagi xunuk holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgani xabar qilingandi.






