AsosiyJamiyat

Chet elda o`zbekistonlik yigit ayovsiz do`pposlangani aytilmoqda (video)

'Chet elda o`zbekistonlik yigit ayovsiz do`pposlangani aytilmoqda (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda noma`lum bir erkak o`smir yigitni do`pposlab, unga tan jarohatlari etkazayotganligi tasvirlangan videolavha tarqaldi. 

IIV holat Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan o`rganilayotganini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat respublika hududidan tashqarida sodir etilganligi bo`yicha birlamchi tezkor ma`lumot olingan.

"Hozirda departament xodimlari tomonidan xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikda videolavhada aks etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo`yicha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ularning natijasi yuzasidan aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta`minlash choralari ko`riladi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar