AsosiyJamiyat

Namanganda 17 yoshli bolalar masjid oldidagi ehson pullarini o`g`irlab ketishdi

'Namanganda 17 yoshli bolalar masjid oldidagi ehson pullarini o`g`irlab ketishdi'ning rasmi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko`ra, joriy yilning 30 aprel kuni Chust tuman "Sadacha" MFYda joylashgan "Katta Bog`" jome masjidi Imom xatibi tuman IIBga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, 26 apreldan 27 aprelga o`tar kechasi noma`lum shaxslar tomonidan masjid tashqarisida joylashgan ehson qutisi ichida bo`lgan taxminiy miqdori uch million so`m pullar temir qutini buzish yo`li bilan olib qochilgan.

Tezkor-qidiruv ishlari davomida masjid tashqarisida bo`lgan ehson qutisi ichidagi pullarni Chust tumanida yashovchi 2006 yilda tug`ilgan 4 nafar voyaga etmagan shaxslar olib qochganligi ma`lum bo`lgan.

Ularning yonidan 185 ming so`m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar