Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki Toshkentda atir sotuvchi ayollar yurganligi, ular sotayotgan atirni hidlagan shaxs vafot etayotganligi haqida audioxabar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Toshkent shahar IIBB xabarlarga rasmiy munosabat berdi.
“Mazkur xabar haqiqatga mutlaqo zid bo`lib, bu kabi holatlar Toshkent shahrida qayd etilmaganligini, shu mazmundagi yolg`on xabarlar bir necha yillardan beri ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yurganligini ma`lum qilamiz.
Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlari! Sizlardan, asoslanmagan va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni hamda tarqatmaslikni so`raymiz”, deyiladi munosabatda.






