AsosiyDunyo

Ispaniyada suvdan foydalanishga cheklov qo`yildi

'Ispaniyada suvdan foydalanishga cheklov qo`yildi'ning rasmi

Kataloniya hukumati suvdan foydalanishga cheklovlar kiritmoqda. Bu 500 ta aholi punktiga tegishli. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Bog`ni sug`orish haftada ikki martadan ko`p bo`lmasligi kerak. Avtomobillarni, trotuarlarni yuvish, hovuzlarni to`ldirish taqiqlanadi. Bu chora-tadbirlar qariyb etti million kishiga ta`sir qiladi.

Ob-havo ma`lumotlariga ko`ra, mintaqada harorat deyarli 40 daraja issiq, yomg`ir yog`ishi kutilmayapti. Vaziyat yaqin kelajakda o`zgarmaydi.

Dehqonlar suvsizlikdan qurib qaqshagan dalalarga ekin eka olmayapti. Bor hosillar esa suvsizlikdan nobud bo`lgan. Mahalliy aholi yomg`ir so`rab ibodat qilishni boshlagan. Mahalliy hokimiyat kataloniyaliklarni o`zlari va boshqalar haqida qayg`urishni boshlashga chaqirdi. Buning uchun suvni tejash kerak.

    Boshqa yangiliklar