AsosiyJamiyat

Buxoroda jinoyatchilar bir ayolning sochlarini kesib, qiynoqqa solishdi(video)

'Buxoroda jinoyatchilar bir ayolning sochlarini kesib, qiynoqqa solishdi(video)'ning rasmi

Kogon tumanida uch nafar ayol va bir nafar erkak o`zaro oldindan til biriktirib, “Tutkunda” mahallasida yashovchi ayolning uyiga go`yoki Shohrux ismli yigitni so`rab kelib, aldov yo`li bilan uyga kirishgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ular ayol bilan oldindan bo`lgan kelishmovchilikni ro`kach qilib, uni xonadan yotoqxonasiga olib kirishgan va sochlarini kesib tashlashgan. Mazkur jarayonni telefonda videoga olib, videoni internetda tarqatish bilan qo`rqitishgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, ayolga engil turdagi tan jarohati etgan. Olib borilgan tezkor tadbir davomida jinoiy guruh a`zolari qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar