Jahon banki "Mastercard" kompaniyasining sobiq bosh direktori Ajay Banguni besh yilga prezident etib sayladi, deya xabar beradi RIA Novosti.
“Jahon banki direktorlar kengashi Ajay Bangani keyingi besh yilga prezident etib sayladi”, — deyiladi tashkilot matbuot xabarida.
Banguining vakolati 2 iyundan boshlanadi. Banga avval "Mastercard" bosh direktori va "General Atlantic" vise-prezidenti lavozimlarida ishlagan.






