Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan — “O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo`shimcha va o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi birinchi o`qishda ko`rib chiqildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qonun loyihasi bilan 11 noyabr – O`zbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilash nazarda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta`minlash tizimini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.






