AsosiyJamiyat

Toshkentda 42 yoshli ayol o`ziga benzin sepib, yoqib yubordi (video)

'Toshkentda 42 yoshli ayol o`ziga benzin sepib, yoqib yubordi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma`lum ayol ustiga benzin sepib o`zini yoqib yuborganligi aks etgan video tarqalmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 may kuni taxminan soat 10-00 larda Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/4 dahasidagi savdo do`konlaridan birining oldida, 1981 yilda tug`ilgan D.Q. bir nechta fuqarolar bilan savdo qilish uchun joy talashgan. So`ngra o`zaro kelisha olmay janjallashib, o`zini noodatiy tutgan holda norozichilik bildirib, yonida bo`lgan elim idishdagi benzinni ustiga quyib, o`zini-o`zi yoqib yuborgan. Natijada, ayol “yuzi, ikkala qo`llari, tanasi oldi qismining 35 % termik kuyishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.    

Shuningdek, o`tkazilgan birlamchi surishtiruv davomida, D.Q. bundan oldin ham fuqarolar bilan savdo qilish uchun joy talashib janjallashganligi hamda bir necha marotaba o`zini yoqish holatlarini sodir etishga harakat qilganligi, biroq xodimlar tomonidan buning oldi olinganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar