Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya bugun, 3 may kuni tunda Ukrainaga qarshi ilk bor yadro qurolidan foydalanishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Xabarda aytilishicha, Rossiyaning Engels va Shaykovkadagi havo bazalariga TU-22M samolyotlarini tayyorlash bo`yicha ko`rsatmalar yuborilgan. Tunda Kievdagi ma`muriy binolarga shu samolyotlar bilan zarba berilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, bugun kechasi yadro qurolidan ham foydalanilishi mumkinligi aytilyapti.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Kremlga dron vositasida hujum qilingandi. Rossiya tomoni bu Ukrainaning ishi ekanini iddao qilmoqda. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa mamlakat Kremlga ham Rossiyaga ham hujum qilmaganini bildirgan.






