AsosiyJinoyat

Zelenskiy Ukrainada salyutlar va baland ovozli musiqani taqiqladi

'Zelenskiy Ukrainada salyutlar va baland ovozli musiqani taqiqladi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy pirotexnika va salyutlarni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Shuningdek, qonunda dam olish kunlari tungi musiqa va xonadonlarda ta`mirlash ishlarini taqiqlash ham nazarda tutilgan

Hujjatga ko`ra, feerverklardan foydalanish va sotish taqiqlanadi. Ushbu normalar qonun e`lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

Bundan tashqari, olti oy ichida Ukrainada shovqinni kamaytirish standartlari kuchga kiradi.

Shuningdek, qo`riqlanadigan ob`ektlarda soat 22:00 dan 08:00 gacha baland ovozda qo`shiq aytish va baqirish, ovozni qaytaruvchi uskunalar va boshqa maishiy shovqin manbalaridan foydalanish, pirotexnika vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Shovqin bilan kechadigan ta`mirlash ishlari ish kunlarida soat 21:00 dan 08:00 gacha, bayram va ishlamaydigan kunlarda esa kechayu kunduz taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar