AsosiyJamiyat

Farg`onada voyaga etmagan bola mashinada tengqurini urib yubordi

'Farg`onada voyaga etmagan bola mashinada tengqurini urib yubordi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati Buvayda tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasiga jiddiy e`tibor qaratilmayotgani ko`plab tanqidlarga sabab bo`ldi.

 Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Joriy yilning 27 mart kuni voyaga etmagan I.Sh Nexia-3 avtomashinasida tumanning Bachqir qishlog`ida harakatlanib borayotib, boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yo`l chetida ketayotgan voyaga etmagan piyoda T.I. ni urib yuborgan. Shuningdek, yo`l chetida to`xtab turgan fuqaro T.U.ga tegishli Nexia-3 mashinasiga borib urilib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasida T.I. yopiq bosh miya jarohati, bosh ensa suyagini sinishi, ensa sohasining ezilib yirtilishi kabi hayot uchun xavfli, og`ir tan jarohati olgani ko`rsatilgan.

Hodisa oqibatida har ikkala Nexia-3 avtomashinalari ham turli darajada shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan voyaga etmagan I.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

“Yakuniga ko`ra qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organiga yuborilganini hamda tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi doirasida fuqaro T.U.ning avtomashinasiga etkazilgan 24 336 000 so`m miqdoridagi zararni undirish borasida sudga da`vo arizasi kiritilganini ma`lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar