AsosiyJamiyat

Buxoroda soliqchi va "GAI" xodimlari janjallashdi (video)

'Buxoroda soliqchi va "GAI" xodimlari janjallashdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Olot tumani "GAI" xodimi va soliqchining o`zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi.

Viloyat IIBning videodagi holatni aniqlanishicha,  22 aprel kuni soat 16:00 larda, Buxoro viloyati IIB JXX YHXB 5-safarbar guruh YPX inspektorlari katta serjant J.S. hamda safdor K.B. lar o`zlarining xizmat hududi hisoblangan, tuman markazidagi Ma`rifat ko`chasida xizmat olib borgan. O`sha paytda “Neksiya” rusumli avtomashinani boshqarib kelayotgan fuqaro F.J. ko`chani kesib o`tuvchi yo`lni ajratib turuvchi beton to`siq (bardyur)qa borib urilib shikast etkazganligi holatiga guvoh bo`lishgan va ushbu holatni rasmiylashtirish maqsadida hodisa joyiga zudlik bilan etib kelishgan.

Shu vaqtda mazkur holatga umuman aloqasi va dahldorligi bo`lmagan 1993 yilda tug`ilgan, Buxoro viloyati Davlat Soliq boshqarmasi Qorako`l tumani bo`limi ma`muriy amaliyot yuristi, Olot tumani “Chorbog`” mahallasida yashovchi N.O`. hodisa joyiga etib kelib, hech bir sababsiz holatni rasmiylashtirayotgan IIB xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko`rsatib, ularni turli nojo`ya so`zlar bilan haqoratlab, kuch ishlatib, turli darajadagi tan jarohatlarini etkazgan.

Mazkur hodisa natijasida katta serjant S.J. ning “o`ng qo`l 4-5 barmoqlarida hamda o`ng qo`l tirsak sohasida shilinma”, safdor B.K. ning esa “bo`yin sohasida shilinma” kabi "sog`liqning buzilishiga sababchi bo`lmagan engil shikast" toifasiga kiruvchi tan jarohatlari etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat sodir bo`lgan vaqtda katta serjant S.J. hamda safdor B.K.lar hushyor holda, xizmat vaqti hamda xizmat kiyimida  bo`lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Olot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasiga ko`ra hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish ya`ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko`rsatish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar