"PSJ" hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistoniga etib keldi, deya xabar berdi turizm vaziri Ahmad Al-Xatib ijtimoiy tarmoqda.
"Saudiya Arabistonining Turizm bo`yicha elchisi Lionel Messi va uning oilasini ko`rganimdan xursandman”, — deb yozadi vazir.
OAV xabarlariga ko`ra, Messining Ar-Riyodga kelishi Saudiyaning "Al-Hilol" klubiga o`tishi mumkin bo`lgan ma`lumotlar bilan bog`liq emas.
Messi avvalroq qirollikka o`tgan yilning may oyida tashrif buyurib, Jidda shahrida har yili o`tkaziladigan “Jidda Season” festivalida qatnashgan edi. Argentinalik Saudiya Turizm vazirligining brend elchisi hisoblanadi.






