Avval xabar qilganimizdek, 30 aprel kuni bo`lib o`tgan referendum natijalariga ko`ra, O`zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitusiya 2023 yil 1 maydan kuchga kirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi 1 may Konstitusiya kuni sifatida nishonlanadimi?” degan mazmundagi turli chiqishlar bo`lmoqda. Xabarlarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari Odiljon Tojiev oydinlik kiritdi.
"Yo`q, bunday bo`lmaydi! An`anaga ko`ra, "8-dekabr – Konstitusiya kuni" bayrami sifatida nishonlanadi", - deyilgan parlament mas`uli izohida.






