Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi yo`lning qatnov qismiga tushganligi aks etgan lahalar tarqaldi.
Holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati rasmiy izoh berdi.
Ma`lum qilinishicha, holat bugun, soat 9:00 da "2- Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli 24-sonli "Yunusobod-6" — "TTZ AShB" yo`nalishida harakatlanayotgan avtobus Yunusobod tumanida joylashgan "Billur" to`yxonasining ro`parasida avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo`lakda harakatlanib ketayotgan vaqtda sodir bo`lgan.
Aniqlanishicha, yo`lning qatnov qismiga shakl bo`lib o`sgan katta diametri taxminan 50-60 sm bo`lgan daraxt avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasiga tegishi natijasida mazkur himoya qoplamasini qo`porib yuborgan.
Oqibatda avtobusning tom qismi texnik shikastlanib, gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplama shikastlangan.
Holat natijasida tan jarohati olganlar mavjud emas.
"Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasiga murojaat qilinib, kamchiliklar bartaraf etilgan" deyiladi xabarda.






