Ijtimoiy tarmoqlarda «aholidan kelib tushayotgan e`tirozlarni inobatga holda 1 maydan boshlab O`zbekistonning barcha shaharlarida transport vositalarining ruxsat etilgan maksimal tezligi 60 km/soatdan 70 km/soatga qayta tiklandi» mazmunida xabarlar tarqaldi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati ushbu tarqalgan xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmasligini aytmoqda.
Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi 27-son Farmoniga ko`ra, 1 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi belgilandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 apreldagi 140-son (https://lex.uz/ru/docs/6422892) Qarori bilan Yo`l harakati qoidalariga o`zgartirish kiritildi.
️Ushbu qoida hozir amalda ekanligi ma`lum qilindi.






