Ijtimoiy tarmoqlarda "Qashqadaryo viloyati, Hisor davlat qo`riqxonasida noyob turdagi qor qoploni otib o`ldirilgan"ligi haqida xabar tarqaldi.
Ushbu xabar Tabiat resurslari vazirligi mas`ullari tomonidan o`rganildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
O`rganish ishlari davomida, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar haqiqatga to`g`ri kelmasligi, Hisor davlat qo`riqxonasida hech qanday qor qoploni ovlanmaganligi yoki otib o`ldirilmaganligi ma`lum bo`ldi.
Ma`lumot uchun, Qor qoploni (panthera unisa) "Hisor" davlat qo`riqxonasi tabiiy majmualarida kam tarqalgan tur hisoblanadi. Hozirgi kunda u Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro`yxati va O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga, shuningdek, Yo`q bo`lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to`g`risidagi Konvensiya (SITES)ning 1-ilovasiga (yo`q bo`lib ketish xavfi juda yuqori) kiritilgan.






