Bugun, 30 aprel kuni soat 17:00 holatiga ko`ra, 15 million 802 ming 095 nafar shaxs O`zbekiston Konstitusiyasi bo`yicha referendum uchun ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma`lum qildi.
Eng ko`p aholi Farg`ona viloyatida – 2 million 209 ming 804 nafar fuqaro ovoz bergan. Keyingi o`rinlarda ko`p aholi ovoz berishi bo`yicha Samarqand (2 081 436) va Qashqadaryo viloyatlari (1 840 371) qayd etilgan.
Statistikaga ko`ra, soat 17:00 gacha respublikada jami 15 million 802 ming 095 nafar shaxs ovoz bergan, ya`ni saylovchilarning 81,39 foizi referendumda ovoz berishga ulgurgan.






