AsosiyJamiyat

Referendumda ishtiro etish bo`yicha eng yaxshi viloyat nomi ma`lum qilindi

'Referendumda ishtiro etish bo`yicha eng yaxshi viloyat nomi ma`lum qilindi'ning rasmi

Markaziy saylov komissiyasi bugun soat 15:00 holatiga ko`ra o`zbekistonliklarning referendumda ishtiroki bilan bog`liq raqamlarni ochiqladi. Ta`kidlanishicha, ayni paytda O`zbekistonda bo`lib o`tayotgan referendumda umumiy ovoz beruvchilarning 73,17 foizi ovoz bergan.

Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, Qoraqalpog`istonda ovoz beruvchilar 754 ming 354 kishini tashkil qilayotgan bo`lsa, ayni paytda ovoz berganlar umumiy ovoz beruvchilar sonidan kelib chiqilganda 76,56 foizni tashkil qilmoqda. Shuningdek, Andijonda viloyatida ovoz beruvchilar 1 million 702 ming 902 nafar bo`lib, ovoz berganlar umumiy raqamlarning 78,46 foizini tashkil qilmoqda.

Buxoro viloyatida esa umumiy ovoz beruvchilarning 69,80 foizi ovoz berib bo`lgan bo`lib, bu raqam ayni paytda hududda 759 ming 632 nafar kishi ovoz berganini ma`lum qilmoqda. Jizzaxda ovoz beruvchilar 759 ming 632 nafarni tashkil qilib, bugun soat 15:00 ga qadar 72,71 foiz, aniqrog`i 571 ming 108 kishi referendumda ishtirok etgan. Ovoz beruvchilari 621 ming 679 nafar kishini tashkil qiluvchi Navoiyda esa ayni paytgacha 69,25 foiz kishi, Namanganda 1 million 189 ming 975 nafar kishi, ovoz beruvchilari 2 million 81 ming 436 nafar bo`lgan samarqandliklarning 73,70 foizi ovoz berishni yakunlagan.

Qolaversa, Sirdaryoda 78,83, Surxondaryoda 69,56 foiz, Toshkent viloyatida 71,36, Farg`onada 77,53, Xorazmda 72,08, Qashqadaryoda 70,97 va ovoz beruvchilari soni 1 million 780 ming nafar kishini tashkil etuvchi Toshkent shahrida esa umumiy qatnashuvchilarning 68,49 foiz kishi referendumdagi ishtirokini yakunlagan.

    Boshqa yangiliklar