AsosiyJamiyat

IIB xodimlariga ovoz berish jarayonlariga aralashmaslik buyurildi

'IIB xodimlariga ovoz berish jarayonlariga aralashmaslik buyurildi'ning rasmi

Referendum uchastkasi binolarida xavfsizlikni ta`minlashga jalb etilgan har bir IIB xodimiga – referendum komissiyalari faoliyatiga va ovoz berish jarayoniga aralashmaslik shartlari alohida tushuntirilgan. Bu haqda bugun, 30 aprel kuni Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida bo`lib o`tgan brifingda Ichki ishlar vaziri o`rinbosari Bekmurod Abdullaev ma`lum qildi.

Uning aytishicha, referendum uchastkalari hamda ularning atrofida jamoat xavfsizligini ta`minlash uchun jami 30 900 dan oshiq huquq-tartibot idoralari vakillari xizmatga jalb etilgan.

Abdullaevning qaytishicha, qonunbuzilishi holatlarini aniqlash, qayd etish, har tomonlama va sifatli ko`rib chiqilib huquqiy baho berilishini ta`minlash maqsadida sud, prokuratura va ichki ishlar organlarining o`zaro hamkorligi yo`lga qo`yilgan va barcha idoralarda tunu kun navbatchiliklar tashkil etilgan.

“Barcha joylarda yong`in o`chirish bo`linmalarining jangovar hisoblari va tez tibbiy yordam xizmatlarining uzluksiz navbatchiligi tashkil etildi. Aytish joiz, hozirga qadar ichki ishlar organlariga referendumga oid qonunchilikni buzish bilan bog`liq ariza yoki xabar kelib tushmagan”, dedi u.

    Boshqa yangiliklar