Toshkent shahrida ikkinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi bo`lib o`tdi. Forum doirasida “Suv resurslarini kompleks boshqarish: qishloq xo`jaligini barqaror rivojlantirish, Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash” mavzuida panel munozarasi o`tkazildi.
Mutaxassislarning fikricha, 2040-2050 yillarga kelib suv resurslariga talab ortib borishi jahon iqtisodiyotida tarkibiy o`zgarishlarga olib kelishi muqarrar. Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotiga ko`ra, 2050 yilga borib Er yuzida 5 milliarddan ortiq odam u yoki bu darajada suv tanqisligini boshdan kechiradi. Panel sessiya ishtirokchilari suv tanqisligi qishloq xo`jaligi va umuman iqtisodiyotni rivojlantirish uchun jiddiy muammoga aylanishi mumkinligini ta`kidladilar.
Ekspertlar Markaziy Osiyoda qishloq xo`jaligining barqaror rivojlanishi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun suv resurslarini kompleks boshqarishning ahamiyatini muhokama qildilar. Shuningdek, suv resurslarini kompleks boshqarish mexanizmlarini samarali joriy etish bo`yicha ko`riladigan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.
O`zbekiston suv xo`jaligi vaziri o`rinbosari Azimjon Nazarov suv resurslarining 80 foizi boshqa mamlakatlardan oqib kelishi, atigi 20 foizi mamlakatimizda hosil bo`lishini ta`kidladi. Bundan 30-40 yil avval yaratilgan infratuzilma esa jiddiy modernizasiyani talab qiladi. Suv resurslari bilan ta`minlanishning kamayishi, yangi obektlar sonining ko`payishi natijasida aholi soni o`sib bormoqda, bu esa suv resurslarining yangi miqdori va sifatini talab qiladi. Hisob-kitoblarga ko`ra, 2030-yilga borib O`zbekistonga 7 milliard kub metr suv etishmaydi.
Boston Consulting Group boshqaruvchi direktori va hamkori Igor Alekseev buni quyidagi takliflar bilan tasdiqlaydi:
“Agar O`zbekistonda suvni tejash bo`yicha barcha tashabbuslarni to`plasak, taxminan 19 milliard dollar sarmoya talab etiladi. Shundan 4 mlrd. nasos stansiyalari va 6 mlrdga yaqini xo`jalik subektlariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun subsidiyalar uchun ketadi. Moliya vazirligi va Suv xo`jaligi vazirliklari bilan birgalikda ushbu kanallar funksiyasini baholagan holda kanallar tizimining modelini ishlab chiqdik. Eng muhimi esa - ma`lum bir hududda suvni iqtisodiy ta`minlash tizimini ishlab chiqish", - deya ta`kidladi u.






