AsosiyJamiyat

Navoiydagi maishiy chiqindilar poligonida kuchli yong`in sodir bo`ldi

'Navoiydagi maishiy chiqindilar poligonida kuchli yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Navoiy viloyatida joylashgan qattiq maishiy chiqindilar joylashtirish poligonida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayt etilishicha, Karmana tumani hududidagi “B.” MChJ ga qarashli qattiq maishiy chiqindilar joylashtirish poligonida yong`in kelib chiqqan. Oqibatda shahar hududi atmosferasida tutun hosil bo`lganligi aniqlangan.

Ma`lum qilinishicha, viloyat hokimligi, Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi, viloyat FVB hamda tegishli tashkilotlarning 30 ta maxsus texnikalari yordamida  poligonidagi yong`in to`liq bartaraf etilgan.

    Boshqa yangiliklar