2023 yil may oyida kuchli magnit bo`ronlarining uchta ko`tarilishi kutilmoqda, shuning uchun siz ularga oldindan tayyorgarlik ko`rishingiz kerak.
Bahorning so`nggi oyida odamlarning aksariyat qismi magnit bo`ronlari ta`sirini his qiladi.
Taqvimga ko`ra, 11-17, 28 may kunlari kuchli, 20-25 may kunlari o`rta magnit bo`ronlari bo`lishi prognoz qilinmoqda.
Unga ta`sirchan odamlarda boshi og`riy og`riq, qon bosimi ko`tarilishi, kayfiyatda o`zgarish va jismoniy holsizlik kuzatiladi.
Magnit bo`ronlari paytida insonlarni uyqusizlik va ishtahasilik qiynaydi.
Magnit bo`ronlaridan qanday himoya qilish kerak?
Avvalo, kerakli dori-darmonlar, masalan bosh og`rig`iga qarshi tabletkalarni g`amlashingiz zarur bo`ladi. Shuningdek, bu davrda surunkali kasalliklar yomonlashishi mumkin, shuning uchun sizga kerak bo`lgan hamma narsaga g`amxo`rlik qiling.
Quyidagi umumiy tavsiyalarga amal qiling:
- toza havoda ko`proq yurish;
- jismoniy mashqlar bilan ortiqcha shug`ullanmang;
- spirtli ichimliklar va yog`li ovqatlardan saqlaning;
- uyqu rejimiga rioya qiling;
- tomirlar bilan bog`liq muammolar bo`lmasa kontrastli dush qabul qiling;
- ko`proq suv iching.






