AsosiyJamiyat

Bugun ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33° bo`ladi

'Bugun ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33° bo`ladi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33° bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-31° bo`ladi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar