AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenni omma oldida nutq so`zlash chog`idagi noqulay vaziyatlari haqida gapirib, masxara qildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Nyu-Xempshirdagi mitingda Tramp Baydenning ikkinchi muddatga nomzodi ko`rsatilishi haqida hazil qildi. U Baydenning harakatlarini ko`rsatib berdi.
"Qaerga boraman, qaerga boraman? Men ketishni xohlayman", — deya Tramp uning gaplarini takrorlab kulgan.
Avval xabar berganimizdek, bu oy Baydenning reytingi inaugurasiyadan beri eng past darajaga tushib ketdi. Uni saylovchilarning 37 foizi qo`llab-quvvatlaydi.
So`rov doirasida amerikaliklardan iqtisodiyotdagi vaziyatni baholash ham so`ralgan. Natijada, respondentlarning atigi 16 foizi uni a`lo yoki yaxshi, 47 foizi yomon deb atagan.






