AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yuqumli kasallik tarqalgani rostmi?

'O`zbekistonda yuqumli kasallik tarqalgani rostmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda qizamiq bilan kasallanganlar soni ortayotganligi to`g`risidagi xabar tarqaldi. Ushbu holat bo`yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi rasmiy munosabat berdi.

Qayd etishilicha, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining (JSST) kizamiq va qizilcha kasalligi bo`yicha e`lon qilingan ma`lumotlariga ko`ra, hozirda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida murakkab epidemiologik vaziyat saqlanib turibdi.

Ma`lumot o`rnida shuni aytish joizki, 2022 yil yakuni bo`yicha dunyo bo`yicha 155 ming holatda qizamiq kasalligi ro`yxatga olingan.

Joriy yilning o`tgan davri mobaynida faol olib borilgan epidemiologik surishtiruvlar natijasida, respublikamizda 37 nafar bemorlarda qizamiq kasalligi tasdiqlangan.

Qizamiq kasalligi bo`yicha murakkab epidemik vaziyatni oldini olish maqsadida,  respublikada 2022 yilning 16 noyabr – 30 dekabr kunlari 6 oylikdan – 5 yoshgacha bo`lgan bolalarni qizamiq-qizilchaga qarshi ommaviy emlashlar o`tkazildi. Emlash tadbirlari natijasida rejadagi 3 355 900 nafar bolalarning 3 303 582 nafari yoki 98.4% emlash bilan qamrab olindi va hozirda ham emlash ishlari davom ettirilmoqda.

"Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish joizki, hozirda respublikamizda kasallikka qarshi barcha zarur profilaktik choralar ko`rilmoqda, epidemik vaziyat barqaror va to`liq nazoratga olingan", deyiladi Sanepidqo`mita xabarida.

    Boshqa yangiliklar