AsosiyDunyo

JSST Hindistonda ishlab chiqarilgan yo`talga qarshi sirop xavfli ekanidan ogohlantirmoqda

'JSST Hindistonda ishlab chiqarilgan yo`talga qarshi sirop xavfli ekanidan ogohlantirmoqda'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti 25 aprel kuni Hindistonda ishlab chiqarilgan yo`talga qarshi sirop tarkibida “ko`p miqdorda dietilenglikol va etilenglikol mavjudligi” bilan insonlar salomatligi uchun xavfli ekani haqida ogohlantirish e`lon qildi, deb yozmoqda “Sinxua” agentligiga tayanib O`zA.

JSST bayonotida ta`kidlanishicha, Marshal orollari va Mikroneziyada Hindistonda ishlab chiqarilgan yo`talga qarshi xavfli dori partiyasi aniqlangan. Marshal orollarida sirop tarkibida me`yoridan ortiq zararli modda – dietilenglikol va etilenglikol aniqlangan.  

Ma`lumot uchun: 2022 yil dekabr oyida O`zbekistonda Hindistonda ishlab chiqarilgan «Dok-1 Maks» siropining qo`llanilishi oqibatida bolalar o`limi qayd etilgan edi.  

    Boshqa yangiliklar