Namanganda oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 20 aprel kuni soat 14:00 larda Kosonsoy tumani “Rovot” MFY Rovot ko`chasi ichki yo`lida 1966 yilda tug`ilgan fuqaro “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo`lni kesib o`tayotgan 2021 yilda tug`ilgan bolani urib yuborgan. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi “bosh miya yopiq shikasti, peshona yuz sohasi shilingan jarohati” bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramay bola shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






