AsosiySport

O`zbekiston boks terma jamoasining JCh-2023da ishtirok etadigan tarkibi e`lon qilindi

'O`zbekiston boks terma jamoasining JCh-2023da ishtirok etadigan tarkibi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi aniq bo`ldi.

Xabaringiz bor, 30 aprel - 14 may kunlari Toshkent shahri ilk bor kattalar o`rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. 

Terma jamoamiz murabbiylar shtabi jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschilarimiz nomini aniqlab oldi.

Unga ko`ra, o`z yurtimizda o`tkaziladigan jahon birinchiligida ishtirok etish baxtiga quyidagi bokschilarimiz sazovor bo`lishadi: 

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo`ziev
-51 kg: Hasanboy Do`smatov
-54 kg: Oybek Jo`raev
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-60 kg: Mujibillo Tursunov
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev
-67 kg: Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
-75 kg: A`loxon Abdullaev
-80 kg: Jasurbek Yo`ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullaev
-92 kg Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov

    Boshqa yangiliklar