AsosiyJamiyat

"Uzbekistan Airways" samolyot bortida chaqaloq holidan xabar oldi

'"Uzbekistan Airways" samolyot bortida chaqaloq holidan xabar oldi'ning rasmi

"Boeing 787 Dreamliner" bortida chaqaloq dunyoga kelgani haqida xabar bergan edik. 

Bola 12 200 metr balandlikda,  Istanbulga qo`nishga 50 daqiqa qolganida tug`ilgan. Ma`lum bo`lishicha, chaqaloqning onasiga klinikadan ketishiga ruxsat etilgan, bola muddatidan oldin tug`ilgani uchun klinikada, shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

"Uzbekistan Airways" AJning Turkiyadagi vakili yosh ota-onalar bilan uchrashib, aviakompaniya nomidan esdalik sovg`a va guldasta taqdim etib, transport bilan ta`minladi. Bolaga Muhammad deb ism qo`yilgan. 

""Uzbekistan Airways"  unga mustahkam sog`lik va hayotda o`zi tug`ilish baxtiga muyassar bo`lganidek  yuqori cho`qqilarni zabt etishini tilaydi", - deyladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar