O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida Evropa Ittifoqining sanksiyalar bo`yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv o`tkazdi.
O`zbekiston va EI o`rtasidagi, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi ko`p qirrali sheriklikning turli jihatlari ko`rib chiqildi.
Keyingi yillarda, shu jumladan EIning "GSP+" preferensiyalar tizimi doirasida o`zaro savdo hajmi, qo`shma korxonalar va investisiya loyihalari soni oshib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.






