AsosiyJamiyat

Samarqandda ikki maktabning o`quvchi qizlari janjallashdi

'Samarqandda ikki maktabning o`quvchi qizlari janjallashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Bulung`ur tumanida maktab o`quvchi qizlari o`rtasida janjal yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati ma`lumot berdi.

Holat 25 aprel kuni soat 16:30 larda Bulung`ur tumani markazida joylashgan «Diyor» sport majmuasi maydonida sodir bo`lgan. Unda 22- va 23-sonli maktablarning 8-sinf o`quvchi qizlari bir-birlariga nisbatan turli haqoratli so`zlar aytgan va natijada janjalli holat yuzaga kelgan.

Janjal Bulung`ur tumani IIB tomonidan rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv yakunlariga ko`ra, ushbu holat maktablarning jamoasi hamda ota-onalari ishtirokida muhokama qilinishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar