AsosiyJamiyat

Toshkentda 12 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)

'Toshkentda 12 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

27 aprel kuni soat 13:40da Yunusobod tumani KHAY — Sharof Rashidov ko`chalari kesishgan chorrahasida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, mazkur YTH Kamaz, Isuzu, Howo, Zil rusumli yuk avtomashinalari hamda Lacetti, Tracker 2, Nexia 3, Epica, 2 ta Cobalt va 2 ta Spark avtomashinalari ishtirokida yuz bergan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Kamaz rusumli avtoulov haydovchisi chorrahaga yaqinlashayotgan vaqtda, tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Ushbu harakat YTHga sabab bo`lgan.

Natijada Cobalt rusumli avtomashina yo`lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga olib borilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar