AsosiyJamiyat

“O`tgan ikki yilda 150 milliard so`mlik ijtimoiy soliq qaytarildi”

'“O`tgan ikki yilda 150 milliard so`mlik ijtimoiy soliq qaytarildi”'ning rasmi

Yoshlarning bandligiga ko`maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.  Yoshlar ishlari agentligi direktor o`rinbosari Dilnoza Kattaxonova Darakchi.uz’ga bergan intervyusida mazkur farmonning ahamiyati va qilingan ishlar haqida gapirdi.

Ijtimoiy soliq summasini qaytarib berish amaliyoti qanday yo`lga qo`yildi?

- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son Farmoni asosida yo`lga qo`yilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg`armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan to`liq qaytarib berish amaliyotini joriy qilgan edik.

Bundan, 2021-2022 yillarda 9 mingdan ziyod korxona foydalandi, ularga 150 milliard so`mlik ijtimoiy soliq qaytarildi, 100 ming yoshlar bandligi ta`minlandi.

Qabul qilingan yangi farmonda asosiy urg`u nimaga qaratilgan?

- Farmonga ko`ra, 2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg`armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to`lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to`liq qoplab beriladi.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan ettinchi oydan boshlab qoplab beriladi. 

    Boshqa yangiliklar