AsosiyJamiyat

Prezident maktabilariga talabgorning 4-sinfda matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari "5" bo`lishi lozim

'Prezident maktabilariga talabgorning 4-sinfda matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari "5" bo`lishi lozim'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo`rabek Jangirov Prezident maktablariga 2023/2024 o`quv yiliga qabul yuzasidan ma`lumot berdi.

Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o`quvchi qabul qilinadi.

Talabgorning ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda hujjatlarni topshiradilar.

Prezident maktabiga kirish imtihonlari 2 bosqichda o`tkaziladi.

Kirish imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida e`lon qilinadi.

Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o`tgan o`quvchilar to`liq bepul ta`lim olishadi.

Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog`iston Respublikasida) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar