AsosiyJamiyat

Aziz Abduhakimov va BMT Bosh kotibi o`rinbosari bilan uchrashdi

'Aziz Abduhakimov va BMT Bosh kotibi o`rinbosari bilan uchrashdi'ning rasmi

Tabiat resurslari vazirligida Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov va BMT Bosh kotibi o`rinbosari, BMT Evropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Olga Algaerova o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Evropa iqtisodiy komissiyasi bilan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan qo`shma loyiha va tashabbuslar hamda kelajakdagi hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, xorijiy tajribani hisobga olgan holda “yashil” iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o`tish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ekologik ta`lim va madaniyatni yuksaltirish, kadrlar salohiyatini oshirish muhimligi ta`kidlandi.  

Atrof-muhitning holati va tabiiy resurslardan foydalanish bo`yicha O`zbekistonning milliy ma`ruzasini tayyorlash, hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatimizning BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining ekologik konvensiyalariga qo`shilish imkoniyatlariga doir masalalar muhokama qilindi.

– “Yashil energiya” sohasida innovasion loyihalarni keng joriy etish, iqlim o`zgarishining oldini olish bo`yicha strategik muhim dasturlarni ishlab chiqish va ekologik ta`lim borasida olib borilayotgan izchil ishlar o`zaro hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi Aziz Abduhakimov.

BMT tomoni O`zbekiston Respublikasining cho`llanish bo`yicha global tadbir (UNCCD CRIC-21), joriy yilning kuzida Samarqandda bo`ladigan Yovvoyi hayvonlarning ko`chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o`tkazish tashabbusini yuqori baholadi hamda ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar