AsosiyJamiyat

Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi

'Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi'ning rasmi

Xalqaro kongress markazida ikkinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi  yalpi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoev nutq so`zlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Prezident qayd etganidek, Yaqin-yaqingacha iqtisodiyotning muhim tarmoqlari faqat davlat korxonalaridan iborat edi. Islohotlar natijasida oldinlari “yopiq” bo`lgan tarmoqlarga xususiy investisiyalar faol kirib kelmoqda. Misol uchun, avval 100 foiz davlat tarmog`i hisoblangan aviasiya sohasida xususiy sektorga keng yo`l ochildi.  

“Biz transport sohasida raqobat muhitini yaratishga qaratilgan islohotlarni davom ettiramiz. Bu yil Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvini ham xususiy sektorga topshiramiz.

 

Temir yo`l sohasida ham katta o`zgarishlarni boshlayapmiz va bunda investorlar faol ishtirok etishlarini so`rab qolaman”, - dedi Prezident.

Shu bilan birga, tez o`sib kelayotgan IT, turizm, ta`lim, tibbiyot kabi sohalarda O`zbekiston mintaqaviy xabga aylanib borayotgani ham bu yo`nalishdagi katta imkoniyat.

Bu yil davlat-xususiy sheriklikni joriy qilish bo`yicha 14 milliard dollarlik alohida dasturlar xalqaro moliya institutlari ko`magida ishlab chiqildi. Bular davlat uchun muhim bo`lgan transport, kommunal va suv xo`jaligi, sog`liqni saqlash kabi tarmoqlarni qamrab oladi.

    Boshqa yangiliklar