AsosiyJamiyat

Bugun Mirziyoev Toshkent xalqaro investisiya forumida qatnashadi

'Bugun Mirziyoev Toshkent xalqaro investisiya forumida qatnashadi'ning rasmi

Bugun, 27 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoev ikkinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etadi. Davlat rahbari forumning yalpi majlisida nutq so`zlaydi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Sessiyada Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir, Qirg`iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administrasiyasi rahbari Oqilbek Japarov, BMT Bosh kotibining o`rinbosari Olga Algaerova, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, “ASWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan ham qatnashadi. Sessiyaga Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikasiya masalalari bo`yicha direktori Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.

O`zbekiston Prezidentining forum doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazishi ham rejalashtirilgan.

Umuman, tadbirda 70 mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar