AsosiyJamiyat

Toshkent — Qarshi — Toshkent yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi

'Toshkent — Qarshi — Toshkent yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 28-aprel va 1 may kunlari 780/779-sonli Toshkent — Qarshi — Toshkent yo`nalishida “Afrosiyob” elektropoezdining qo`shimcha 2 ta reys harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Poezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:

780-sonli “Toshkent — Qarshi” yo`nalishi

Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21

779-sonli “Qarshi — Toshkent” yo`nalishi

Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo`yilgan qo`shimcha yo`lovchi poezdlar chiptalari turistik firmalar tomonidan berilgan arizalarni chetlab o`tgan holda barcha chiptalar erkin savdoga chiqarildi" deyiladi xabarda. 

Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz

    Boshqa yangiliklar