AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar yana bir davlatga vizasiz borishlari mumkin bo`ldi

'O`zbekistonliklar yana bir davlatga vizasiz borishlari mumkin bo`ldi'ning rasmi

Endi Chernogoriya Respublikasiga borishda O`zbekiston fuqarolaridan viza talab etilmaydi. Bu haqda Toshkentda o`tkazilgan O`zbekiston va Chernogoriya davlatlari turizm tadbirkorlarining ikki tomonlama ochiq muloqotida ma`lum qilindi.

Vazirlik mutasaddilari va ikki davlatning turizm kompaniyalari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda joriy yilning iyun oyidan boshlab Chernogoriyaga to`g`ridan-to`g`ri reyslar amalga oshirilishi qayd etilgan.

2023 yilda O`zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlar soni 7 milliondan ortishi kutilmoqda. Bugungi kunga kelib, mamlakatda 5 mingga yaqin turistlarni joylashtirish maskanlari faoliyat ko`rsatmoqda. Respublika bo`yicha sayyohlarni qabul qiluvchi o`rinlar soni 100 mingdan ortgan.  

2022 yilda O`zbekistonga kelgan xorijiy turistlar soni 5,2 million nafarga etib, turistik xizmatlar eksporti 1,6 milliard AQSh dollaridan oshgan.

    Boshqa yangiliklar