Joriy yil mart oyida 2,2 mln nafarga yaqin iste`molchilar tomonidan 118 mlrd so`mdan ortiq keshbek yig`ildi.
Ayni paytga qadar ularning 1,6 mln nafariga 76,3 mlrd so`m to`lab berilgan. Bu haqda Soliq qo`mitasi axborot xizmati ma`lum qildi.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o`tgan oylar uchun yana 1,2 mlrd so`m keshbek tasdiqlangan. Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar esa 1 trln 79 mlrd so`mdan oshgan.
Qo`mitaning ma`lum qilishicha, tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan:
- soliq hisobotlari topshirilishi;
- hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
- soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari ham avtomatik tarzda to`lab boriladi.






