Kecha, 25 aprel kuni Buxoro shahrida haydovchi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida «Spark» avtomobili ariqqa tushib ketdi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, 25 aprel kuni soat taxminan 00:12 larda Buxoro shahri Hofiz Tanish Buxoriy ko`chasidan Zulfiya ko`chasi tomon harakatlanib borayotgan «Spark» haydovchisi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yo`l yoqasidagi beton ariqqa tushib ketgan.
Mazkur yo`l-transport hodisasi natijasida Spark avtomashinasida bo`lgan bir nafar yo`lovchi va haydovchi engil tan jarohati olgan. Holat yuzasidan Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






